Umumiy ma'lumot
Ushbu Maxfiylik Siyosati KidiSafe (keyingi o'rinlarda "Biz", "Ilova") tomonidan foydalanuvchilardan to'planadigan ma'lumotlar va ularni himoya qilish usullari haqida ma'lumot beradi.
KidiSafe — ota-ona nazorati vositasi. U farzand qurilmasiga ota-ona tomonidan, farzand xabardor holda o'rnatilishi shart. Yashirin o'rnatish taqiqlanadi.
KidiSafe ilovasini yuklab olish yoki ishlatish orqali siz ushbu Maxfiylik Siyosatiga rozilik bildirasiz.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi?
KidiSafe faqat farzand xavfsizligi maqsadida quyidagi ma'lumotlarni yig'adi:
- GPS joylashuv — kenglik, uzunlik, aniqlik, tezlik (ota-ona roziligidan keyin)
- Qo'ng'iroq ma'lumotlari — raqam, yo'nalish (kiruvchi/chiquvchi/o'tkazib yuborilgan), davomiyligi, vaqti. Android telefon holati orqali yig'iladi — qo'ng'iroqlar jurnali (call log) o'qilmaydi.
- Kiruvchi xabar bildirishnomalari — SMS va messenjer ilovalardan bildirishnoma panelida ko'rinadigan jo'natuvchi ismi va xabar matni. Bildirishnoma xizmati orqali yig'iladi. To'liq xabarlar tarixi va chiquvchi xabarlar o'qilmaydi.
- Ilovalar faoliyati — qaysi ilovalar ochilgani va qachon. Android Usage Stats API (PACKAGE_USAGE_STATS ruxsati) orqali yig'iladi.
- Batareya darajasi va zaryadlanish holati
- Qurilma ma'lumotlari — Android ID, qurilma modeli, OS versiyasi, ilova versiyasi
- Telegram bot ID — ota-onaga xavfsizlik ogohlantirishlari yuborish uchun
Nima yig'ilmaydi
KidiSafe quyidagi ma'lumotlarni mutlaqo yig'imaydi:
- To'liq SMS va qo'ng'iroqlar tarixi (READ_SMS va READ_CALL_LOG ruxsatlari ishlatilmaydi)
- Chiquvchi SMS mazmuni
- Parollar, bank ma'lumotlari yoki to'lov ma'lumotlari
- Bank va to'lov ilovalari mazmuni (Kapitalbank, Click, Payme va boshqalar istisno qilingan)
- Klaviatura bosilishlari yoki bufer mazmuni
- Qurilmadagi rasm, video yoki fayllar
Ishlatiladigan tizim ruxsatlari va xizmatlar
- ACCESS_FINE_LOCATION / ACCESS_BACKGROUND_LOCATION — GPS joylashuvni kuzatish
- READ_PHONE_STATE — qo'ng'iroq holatini aniqlash (jiringlayapti, faol, tugadi)
- RECORD_AUDIO — ixtiyoriy qo'ng'iroqni yozib olish (faqat ota-ona yoqganida)
- PACKAGE_USAGE_STATS — qaysi ilovalar ochilganligi va ularning faollik muddatini kuzatish
- Bildirishnoma xizmati (Notification Listener) — SMS va messenjer ilovalardagi kiruvchi xabar bildirishnomasi mazmunini o'qish
- CAMERA — ixtiyoriy masofadan surat olish (faqat ota-ona so'raganida)
Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Barcha ma'lumotlar shifrlangan kanal orqali uzatiladi (HTTPS/TLS). Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi va undan tashqariga chiqarilmaydi. Ma'lumotlar hech qachon uchinchi shaxslarga, reklama kompaniyalariga yoki davlat organlariga (qonun talabi bundan mustasno) uzatilmaydi.
Ma'lumotlarni saqlash muddatlari
Har bir ma'lumot turi zarur minimal muddat davomida saqlanadi:
- GPS joylashuv ma'lumotlari — 30 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi
- Qo'ng'iroq ma'lumotlari — 30 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi
- Xabar bildirishnomasi mazmuni — 30 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi
- Ilovalar faoliyati jurnali — 30 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi
- Batareya va qurilma ma'lumotlari — 7 kun saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi
- Hisob ma'lumotlari (ota-ona ID, litsenziya kaliti) — hisob o'chirish so'rovigacha saqlanadi
Hisob o'chirilgandan so'ng, barcha ma'lumotlar serverlarimizdan 7 ish kuni ichida butunlay o'chiriladi.
Foydalanuvchi huquqlari
- O'z ma'lumotlaringizni ko'rish va o'chirish huquqi
- Ilovani o'chirib, barcha ma'lumotlarni serverdan o'chirish huquqi
- Ma'lumotlar yig'ilishini istisno qilish imkoni
- Maxfiylik siyosatidagi o'zgarishlar haqida xabar olish huquqi
Bolalar ma'lumotlari
KidiSafe bolalar ma'lumotlarini faqat ota-ona (qonuniy vasiy) to'liq roziligi bilan yig'adi. 16 yoshdan kichik shaxslarning ma'lumotlari ota-ona nazorati ostida bo'ladi.
Cookie va kuzatuv
KidiSafe web sayti faqat texnik zarur cookie fayllarini ishlatadi. Reklama yoki kuzatuv cookie lari ishlatilmaydi.
Siyosat o'zgarishlari
Ushbu siyosat o'zgarganda foydalanuvchilarga Telegram bot orqali xabar yuboriladi. Yangilangan siyosat e'lon qilinganidan 30 kun o'tgach kuchga kiradi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Shaxsiy ma'lumotlaringizni o'chirish huquqingiz bor. O'chirish so'rovini quyidagi usullar orqali yuboring:
Email: info@kidisafe.uz — mavzuga "Ma'lumotlarni o'chirish" deb yozing
Telegram: @KidiSafeBot — /delete_account buyrug'ini yuboring
So'rov qabul qilinganidan 7 ish kuni ichida barcha ma'lumotlaringiz serverdan butunlay o'chiriladi.
Bog'lanish